Inson - aziz, xotira - muqaddasdir. "9 may - Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan bugun Farg'ona davlat universitetida "Vatan ravnaqi, tinchligi va himoyasi yo'lidagi qahramonlik unutilmaydi" shiori ostida tantanali bayram tadbirir tashkil etildi.
Unda universitet rahbariyati va jamoasi, yuz nafargayaqinfaxriy ustozlar hamda talabalar ishtirok etdilar. Tadbirda o'zga chiqqan rektor Bahodirjon Shermuhammadov bugungi qutlug' ayyom - G'alabaning 80 yilligi,xotira va qadrlash kuni bilan ishtirokchilarni samimiy muborakbod etdi.
Yurtimizda so'nggi yillarda ro'y berayotgan ulkan o'zgarishlar, islohotlar, muxtaram prezidentimizning olib borayotgan oqilona siyosati tufayli yoshlar ta'lim - tarbiyasiga qaratilayotgan e'tibor xususida alohida to'xtalib o'tdi.
Shuningdek, ikkinchi jahon urushi vaqtidagi turmush qiyinchiliklarga qaramasdan metin iroda bilan kurashgan bobolarimiz, G'alabaga hissa qo'shgan O'zbekistonlik, Farg'onalik qahramonlarimiz xotirasiga ehtirom ko'rsatish, og'ir sharoitlarda ilmdan, ma'rifatdan voz kechmay universitetimizda faoliyat yuritgan chinakam fidoiy ustozlar hayotidan ibrat olishimiz zarurligi,bugungi yorug' kunlarda shukronalik bilan ular yo'lini davom ettirish vazifasi haqida ta'kidlab o'tildi.
Tadbirda so'zga chiqqan faxriy ustozlar, nuroniylar yuz yoshga yaqinlashayotgan universitet tarixi, unda faoliyat ko'rsatgan akademiklar, professorlar haqida muhim ma'lumotlar, qiziqarli xotiralarini o'rtoqlashdilar.
Universitet "Qatag'on qurbonlari" muzeyi bilan hamkorlikda tayyorlangan"Ustozlar xotirasiga ehtirom", "Vatanimiz mard o'g'lonlari" nomli kitoblar taqdimoti yig'ilganlarda katta qiziqish va hayajon uyg'otdi.
"Ustozlar xotirasiga ehtirom", "Vatanimiz mard o'g'lonlari" nomi ostida chop etilgan ilmiy - ma'naviyxazinaVatan tinchligi, oliygoh ravnaqiga ulkan hissa qo'shgan ko'plab ziyolilar haqida batafsil ma'lumot berishda muhim manba hisoblanib, kelgusida kitoblarning 2 - qismlarini ham chop etish rejalashtirilgan.Zero, bir asrga teng universitet tarixida o'rganishga, e'tirof etishga munosib yuzlab ustozlar, murabbiylar borligi sir emas.
Tadbirning tashkiliy qismida mehmonlar madaniy hordiq olishlari uchun fayzlibayram dasturxoniga taklif etildilar.Ustozlar va talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy - musiqiy kompozitsiya ishtirokchilar e'tiboriga havola qilindi.