Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY ISH HIMOYASI

15:35, 14.05.2025      

Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti, Pedagogika kafedrasi o’qituvchisi Tojiboyev Jaxongir Umidjon o‘g‘lining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha

“Kreativ yondashuv asosida bo’lajak pedagoglarning badiiy-estetik kompetentligini texnologiyasi (Pedagogika fanlari misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun taqdim etilgan dissertatsiya himoyasi bo’lib o’tdi.

Himoya jarayonida dissertant o‘zining ilmiy ishining asosiy mazmuni, metodologiyasi va erishilgan natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi hamda Ilmiy Kengash a’zolarining savollariga to‘liq va asosli javoblar qaytardi.

Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07 raqamli Ilmiy kengash majlisida Tojiboyev Jaxongir Umidjon o‘g‘liga 100% ovozi bilan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.