Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/04.06.2020. Fil.76.04 raqamli Ilmiy kengash majlisi bo’lib o’tdi.
Ushbu majlisda Farg’ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti, Ingliz filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi Jurayev Islomjon Mamasodikovichning 10.00.02- oʻzbek adabiyoti ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi.
Jurayev Islomjon Mamasodikovichning “Maishiy tanazzul va ijtimoiy inqirozning tarixiy-badiiy talqinlari (“Boburnoma” va “Shayboniynoma” asarlari asosida)”mavzusidagi ilmiy ishi Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan chuqur va har tomonlama muhokama qilindi.
Ilmiy Kengash a’zolarining savollariga to‘liq va asosli javoblar qaytargan Jurayev Islomjon Mamasodikovichga 100% ovozi bilan filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.