Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

ILMIY SALOHIYAT

15:54, 14.05.2025      

Jahonning yetakchi universitetlarida chet tillarini maxsus maqsadlarda yo‘naltirib o‘qitish, mutaxassislarning chet tilidagi kasbiy-sohaviy kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish masalalari bugungi kunda keng tadqiq qilina boshlandi.

Chet tillarini mukammal egallagan raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash va shu asnoda ularning globalizatsiya sharoitlarida ijtimoiy-madaniy sohalarda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar dunyoning yetakchi ta’lim maskanlarida, jumladan, bo‘lajak mutaxassislarning universal kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha Garvord universiteti (AQSh), Xarper Adams universiteti (Angliya), Ponsele universiteti (Fransiya)da tadqiqotlar olib borilmoqda.

Dunyoning rivojlangan bu yirik davlatlari qatorida mamlakatimiz ta’lim tizimida ham bu borada ilmiy-amaliy tadqiqotlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan, Farg'ona davlat universiteti Chet tillari fakulteti Ingliz tili amaliy kursi kafedrasi o‘qituvchisi Ismoilova Shodiyaxon Xusanboy qizining 13.00.02-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo'yicha pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi bo’lib o’tdi.

Ismoilova Shodiyaxon Xusanboy qizining "Ingliz tilini o'rganish jarayonida talabalarda interferentiv kompetensiyalarni rivojlantirish metodikasi" mavzusidagi ilmiy ishi Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan chuqur va har tomonlama muhokama qilindi. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, olingan natijalarning asoslanganligi va amaliy ahamiyati alohida ta’kidlandi va 100% natija bilan himoya qilindi.