Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

ILMIY XABARLAR

15:57, 14.05.2025      

Farg'ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/27.09.2024.Fil/Ped.05.09 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.

Mazkur majlisda Farg'ona davlat universitetining Chet tillari fakulteti Ingliz filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Quziyev Sarvarbek Ilmiddinovichning 13.00.02-Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo'yicha pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi.

Quziyev Sarvarbek Ilmiddinovichning "Ingliz tilini o'qitishda kasbiy ko'nikmalar orqali milliy virtual turizmni takomillashtirish metodikasi (O'zbekiston milliy madaniy merosi fanini o'qitish misolida) mavzusidagi ilmiy ishi Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan chuqur va har tomonlama muhokama qilindi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ilmiy Kengash a’zolarining 100% ovozi bilan Quziyev Sarvarbek Ilmiddinovichga pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.