Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 341
  • Ko`rib chiqilganlar 305
    • Takliflar 49
    • Arizalar 257
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 36

"YOSH JADIDLAR"

11:59, 15.05.2025      

Toshkent shahrining Mirzo Ulug'bek tumanida "Yosh jadidlar" nomli ilmiy tadqiqotlar markazi tomonidan tashkil etilgan xalqaro forumda universitetimizning iqtidorli talabasi yana bir bor yuksak natijaga erishdi.

Qozog'iston, O'zbekiston, Qirg'iziston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari talabalari o'rtasida o'tkazilgan mazkur nufuzli forumda Tarix fakulteti ijtimoiy ish yo'nalishi 1-bosqich talabasi Yigitaliyev Ozodbek Davronbek o'g'li o'zining "Yangi O'zbekiston - islohotlar maskani" nomli ilmiy maqolasi bilan g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Ozodbekning dolzarb mavzuga bag'ishlangan chuqur tahliliy maqolasi hakamlar hay'ati tomonidan yuqori baholandi va forumning eng yaxshi ishlari qatoridan joy oldi. Uning bu yutug'i nafaqat o'zining ilmiy salohiyatini namoyon etdi, balki universitetimizning Markaziy Osiyo miqyosidagi nufuzini ham oshirishga xizmat qildi.

Universitetimiz rahbariyati va professor-o'qituvchilari Ozodbek Yigitaliyevni ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan samimiy muborakbod etadi va unga kelgusi o'qishlari va ilmiy izlanishlarida yangi zafarlar tilaydi. Biz talabalarimizning bunday yutuqlari bilan faxrlanamiz va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga doim tayyormiz.

Yuklanyapti...