Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

ILM VA SPORTDA G’ALABA

13:25, 15.05.2025      

Sport yoshlarni yuksak choʼqqilarga olib chiqishi ayni haqiqatdir.

Xususan, joriy yilning 9-may kuni, "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Toshkent viloyati Parkent tumanida tashkil etilgan Respublika ochiq turnirida sport va ilm-fanni muvaffaqiyatli uyg'unlashtirgan vakilimiz o'z mahoratini namoyish etdi.

Sport faoliyati fakulteti dotsenti, +90 kg vazn toifasida ishtirok etgan Boburjon To'xtasinov ushbu nufuzli musobaqada ham mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritdi.

Boburjon To'xtasinov nafaqat o'z sohasining yetuk olimi, balki belbog'li kurash bo'yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, xalqaro hakam va ko'p karra O'zbekiston hamda jahon chempioni sifatida ham tanilgan. Uning sportdagi yuksak natijalari va ilmdagi faoliyati bir-birini to'ldirib, unga har ikki sohada ham doimiy ravishda yangi marralarni zabt etishga kuch beradi. Ushbu g'alaba Boburjon To'xtasinovning nafaqat sportdagi yuksak mahoratidan, balki o'ziga bo'lgan ishonchi va g'alabaga bo'lgan intilishidan ham dalolat beradi. Uning bu yutuqlari yosh sportchilar va talabalar uchun yaxshi o'rnakdir.