Ona vatan taqdiri va kelajagi uchun qaygʻurgan, uning porloq kelajagi yoʻlida fidoyilik koʻrsatgan shaxslarning nomi tarix zarvaraqalariga muhrlanishi shubhasiz.
Muhtaram Yurtboshimizning yuksak e’tibori bilan “9-May Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan «Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80 yilligi» esdalik yubiley medalini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmonni imzolandi.
Ushbu esdalik yubiley medali O‘zbekiston fuqarolariga — «1941-1945 yillardagi Ulug‘ Vatan urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun» va «Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun» medallari bilan, urush yillarida jangovar xizmatlari uchun boshqa orden va medallar bilan mukofotlangan, urush qatnashchisi guvohnomasiga yoki Vatan urushi nogironi guvohnomasiga ega bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilganlar shaxslarga topshirildi.
Mazkur e’tirofga Farg'ona davlat universiteti faxriy ustozi - Axmadali G'ofurov ham munosib deb topilib, bayram arafasida "Ikkinchi jahon urushidagi g'alabaning 80 - yilligi" estalik yubiley medali bilan taqdim etildi.