Musiqa umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirishda o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu o‘ziga xoslik nafaqat shaxsning estetik-axloqiy ehtiyojlarini rivojlantirishda, balki yuksak axloqiy mazmunga ega musiqa qudrati doirasidagi ma’naviy madaniyatning yuksalishida ham katta ahamiyatga egadir.
Musiqa san’atning bir turi bo’lib, shaxsni estetik tafakkurini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi.
Andijon davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03.30.06.2020.Fal.60.04 raqamli Ilmiy kengash majlisida ham ushbu masala chuqur muhokama qilindi.
Mazkur majlisda Farg’ona davlat universitetining Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti, Musiqiy ta‘lim va madaniyat kafedrasi katta o’qituvchisi - Tursunova Laylo Ergashevnaning 09.00.02 – Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi (estetika) ixtisosligi bo‘yicha falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi.
Dissertantning “O‘zbekistonda yoshlar estetik madaniyatini yuksaltirishda milliy musiqaning o‘rni” mavzusidagi ilmiy ishi yuqori ilmiy saviyada, konstruktiv ruhda o‘tdi hamda Ilmiy Kengash a’zolarining 100% ovoz bilan Tursunova Laylo Ergashevna falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini himoya qildi.