Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XALQARO ANJUMAN

15:35, 15.05.2025      

MARKAZIY OSIYODA MIGRATSIYA SOHASIDAGI DOLZARB MASALALAR: HOZIRGI HOLATI, MUAMMO VA YECHIMLARI" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya mintaqadagi migratsiya jarayonlarining muhim jihatlarini muhokama qilish uchun nufuzli platforma bo'ldi.

Qozog'iston, Hindiston va Rossiyaning yetakchi universitetlari hamda xalqaro tashkilotlaridan taniqli professor-o'qituvchilarning onlayn va oflayn ishtiroki anjuman ahamiyatini yanada oshirdi.

Konferensiyada Markaziy Osiyodagi migratsiyaga oid dolzarb masalalarning keng doirasi, jumladan, "Markaziy Osiyoda Ipak yo‘li tashabbuslari va migratsiya jarayoniga ta’sir", "Farg‘ona vodiysi O‘zbekiston va Hindiston munosabatlarida", "MO-dagi migratsiya jarayonlarining ba’zi jihatlari: Rossiyadan ko‘rinish", "Migrasiya jarayonining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyasi bilan uyg'unligi" kabi mavzularda ma'ruzalar tinglandi.

Ushbu xalqaro konferensiya Markaziy Osiyodagi migratsiya sohasidagi mavjud holat, muammolar va ularning yechimlarini aniqlash hamda muhokama qilish uchun muhim maydon yaratdi. Turli mamlakatlar olimlarining fikr almashinuvi mintaqadagi migratsiya jarayonlarini chuqur tushunishga va bu boradagi dolzarb masalalarni hal etishga qaratilgan yangi istiqbollar va yondashuvlarni ishlab chiqishga xizmat qilishi mumkin.

Konferensiya natijalari migratsiya siyosatini takomillashtirish va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.