O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev raisligida 2025-yil 16-yanvar kuni investitsiyalarni keng jalb etish va eksport hajmini oshirish borasidagi ishlar natijadorligi hamda kelgusidagi asosiy vazifalar muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishida 2025-yilda oliy ta’lim muassasalari tomonidan kamida 10 mln dollar investitsiya jalb qilish, shunga mos ravishda eksport hajmini 10 mln dollarga yetkazish belgilab berilgan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Farg’ona davlat universitetda ham qator tizimli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Investitsiyalarni keng jalb etish va eksport hajmini oshirish borasidagi qilingan ishlar natijadorligi hamda kelgusida belgilangan rejalar muhokamasi yuzasidan Oliygoh rektori raisligida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Yig‘ilishda sohadagi yutuqlar bilan birga, ayrim masalalar tahlili o’rganildi.
Xususan, ta’lim eksporti bo‘yicha fakultetlarda amalga oshirilayotgan ishlar birma-bir muhokama qilinib, kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.