Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH

11:09, 17.05.2025      

Jamiyatimizdagi islohotlar jarayonida yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish masalalari ustuvor ahamiyatga ega bo’lib kelmoqda.

Xususan, oliy ta’lim bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha qator tizimli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash, oʻz oldiga katta marralarni qoʻyib, ularga erishishi uchun keng imkoniyatlar yaratish va har tomonlama koʻmak berish maqsadida Farg’ona davlat universitetida 50 dan ortiq tashkilot, korxona muassasalarning mas'ul xodimlari ishtirokida "Karyera kuni" yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda Farg’ona viloyat hokimining o‘rinbosari - Sherzod Polvonov, oliygoh rektori - Bahodirjon Shermuhammadov, viloyat oliy ta'lim fan va innovatsiyalar boshqarmasi boshlig'i - To'ychiboy Boymatov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i - Sherzod Dolimovlar ishtirok etdilar.

Mazkur tadbirning ochilish marosimida so’zga chiqqanlar yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan samarali ishlar xususida to'xtalib o'tdilar.

Shuningdek, bugungi bozor iqtisodiyoti davrida o'z sohasining yetuk mutaxassisi bo'lishning zaruriyati, kuchli bilim va salohiyat bilan ertangi kunga zamin yaratish orqali jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lish kabi dolzarb masalalar ta'kidlab o’tildi.

Ushbu jarayonlar davomida tashkilotlar va talabalar o'rtasida minglab mehnat shartnomalari imzolanib, bir qator talaba-yoshlar shu joyning o’zidayoq ishga qabul qilindilar.