Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY HIMOYA

11:26, 17.05.2025      

Farg’ona davlat universitetida ilmiy xushxabarlar soni kun sayin ortib bormoqda. Jumladan, oliygohning Harbiy ta'lim fakulteti boshlig'ining o'rinbosari Raximov Alisher Sharafidinovich o’zining ilmiy salohiyatini yuksak darajada namoyish etib, Namangan davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar nufuzli ilmiy kengashda oʼz tadqiqot ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Raximov Alisher Sharafidinovich “Yangi O‘zbekistonning ma’naviy yuksalish jarayonida yoshlar vatanparvarligi fenomenining ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusidagi dissertatsiyasi (PhD) 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha taqdim etildi. Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning chuqurligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuqori bahola

Himoya yakunida ilmiy kengash a’zolari 100 foiz ovozbilan Raximov Alisher Sharafidinovichga falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Ushbu muvaffaqiyat Farg‘ona davlat universiteti ilmiy jamoasining yutuqlaridan biri bo‘lib, universitetning ilmiy salohiyati tobora yuksalib borayotganligini yaqqol ko‘rsatadi.