Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

KADRLAR SALOHIYATINI OSHIRISH

11:42, 17.05.2025      

Farg'ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Dsc.03/30.12.2019. Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashining navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.

Mazkur yig’ilishda Chet tillari fakulteti ingliz filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi Ubaydullayeva Durdona Raxmonjon qizining 10.00.06 - qiyosiy adabiyotshunoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha falsafa doktori (PhD) darajasini olish uchun taqdim etgan ilmiy ish himoyasi tinglandi.

Ubaydullayeva Durdona Raxmonjon qizi “Shart komponentli gipotaksemalarning lingvokognitiv, lingvokulturologik jihatlari hamda tarjima muammolari (ingliz va o'zbek tillari materialiasosida)” mavzusidagi erishilgan natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

Ilmiy ishi Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan chuqur va har tomonlama muhokama qilindi. Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ilmiy Kengash a’zolarining 100% ovozi bilan Ubaydullayeva Durdona Raxmonjon qiziga filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.