Universitetda fakultetlar faoliyatini kompleks o'rganish bo’yicha navbatdagi yig’ilish bo’lib o’tdi.
Jumladan, universitet rektorining 2025-yil 7-fevraldagi 43-sonli buyrug'iga muvofiq, oliy ta'lim muassasasida ta'lim-tarbiya jarayonining sifatini oshirish maqsadida fakultetlar faoliyatini kompleks o'rganish ishlari jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Navbatdagi manzil Tarix fakulteti bo’ldi.
Yig'ilish kun tartibidan fakultetda o'quv jarayonini tashkillanishi, talabalar davomati, ilmiy salohiyat, universitet ichki tartib - qoidalariga amal qilinishi, kiyinish va muomala madaniyati, Hemis dasturiga doir muammolar, amaliy va seminar dars mashg'ulotlari tahlili, kafedralar o'quv- uslubiy faoliyati, o'quv adabiyotlarning yaratilishi, proffesor - o'qituvchilar tomonidan dars mashg'ulotlarining sifatli olib borilishi kabi qator muhim masalalar ko'rib chiqildi.
Shuningdek, fan dasturlari va sillabuslarning muvofiqligi, baholash mezonlari, amaliyot hujjatlarini rasmiylashtirish, ma'naviy- ma'rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlarga oid yo'l qo'yilgan kamchiliklar tanqidiy tahlil qilindi.
Yig'ilish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va fakultet faoliyatini yanada takomillashtirish bo'yicha aniq vazifalar belgilab olindi va ularning ijrosi nazoratga olindi.
Universitet rahbariyati fakultetlarda ta'lim-tarbiya jarayonini kompleks o'rganish orqali mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish, pirovardida esa ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ishlarni davom ettiradi.