Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XALQARO HAMKORLIK

11:51, 17.05.2025      

Xitoyning nufuzli universitetlari bilan olib borilayotgan hamkorlik aloqalari o’z samarasini ko’rsatmoqda. Ushbu hamkorliklar doirasida Xitoyning bir nechta nufuzli oliygohlari bilan xalqaro shartnomalar imzolashga erishildi.

Jumladan, dunyoning eng nufuzli ARWU reyting tizimida TOR 300talikka kiruvchi Xitoyning Shimoli-g‘arbiy universiteti delegatsiyasi Farg’ona davlat universitetigatashrif buyurdi.

Dastavval, Delegatsiya a’zolari universitet rektori qabulida bo’lib, tashrifda ko’zda tutilgan masalalar yuzasidab batafsil kelishib olindi.

Xususan, Shimoli-g‘arbiy universiteti investitsiyalari asosida Paleontologiya va madaniy merosni muhofaza qilish o‘quv-ilmiy laboratoriyasi tashkil qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Mazkur laboratoriya joylashuvchi xonalar, 2025/2026-o‘quv yilidan yetakchi olimlarni FarDUga asosiy va o‘rindoshlik asosida ishga qabul qilish;

Akademik almashinuv doirasida talabalarni Shimoli-g‘arbiy universitetiga 1 semesterga yuborish;

Farg‘ona vodiysida hamkorlikda arxeologik qazuv-tadqiqot ishlari olib borish kabi qator muhim masalalar yuzasidan maqsadli va manzilli vazifalar ko'rib chiqildi. ularning jihozlanishi yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.