Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XALQARO HAMKORLIKLAR YANADA YUKSALMOQDA

08:58, 19.05.2025      

Farg’ona davlat universitetining ishonchli hamkori hisoblangan Loyang arxeologik tadqiqotlar instituti delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan Farg’onada bo’ldilar. Ushbu tashrif oliy ta'lim muassasasi uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Universitet rektori, professor Bahodirjon Shermuhammadov hamda delegatsiya a’zolari Loyanglik yirik tadbirkor “CNNC Henan Energy Co., Ltd” kompaniyasi direktori Xue Haiyang bilan olib borilgan muzokaralarda Xitoy investorlari tomonidan Farg’ona davlat universitetga kiritiladigan invistitsiyalar hajmini oshirishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi.

Xususan, joriy yilning may-iyun oylarida “Quva shahristoni“ yodgorligida olib boriladigan xalqaro ilmiy qazuv ekspedsiyasida universitet olimlari va tadqiqotchi-talabalari bilan birga mazkur delegatsiyaning 10 nafar a’zosi ham ishtirok etishi qayd etib o’tildi.

Shuningdek, LАTI tomonidan Oʼzbekiston – Xitoy arxeologiya qoʼshma kafedrasi qoshidagi ilmiy laboratoriya uchun olib kelingan texnik jihozlar tavsifi, xalqaro qazuv ekspedetsiyasini tashkil etish, Farg’ona davlat universitetining 15 nafar talabasi iyul – avgust oylarida oʼquv stajirovkasiga yuborish kabi muhim kelishuvlarga erishildi.

Qayd etish joizki, mazkur hamkorlik doirasida joriy yilda LАTIning 950 ming АQSh dollari miqdoridagi investitsion begʼaraz mablagʼlari oʼzlashtirilib, ularning asosiy qismini labarotoriya jihozlari, qazuv tadqiqot ishlari va stajirovkalarni tashkil etish uchun sarflangan mablagʼlar tashkil etadi.

Oliygohimizning xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan bu kabi sa'y-harakatlari mamlakatimiz yoshlarining jahon ilm-fan maydonida o'z o'rinlarini topishlariga, O'zbekistonning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi