Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

XUSHXABAR

09:04, 19.05.2025      

Farg’ona davlat universitetining Pedagogika-psixologiya va san’atshunoslik fakulteti Boshlang‘ich ta’lim uslubiyoti kafedrasi o‘qituvchisi – Xusanova Gulruxsor Toʻlqin qizi o’zining ilmiy salohiyatini yuksak darajada namoyish etib,

Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.11.2021.Ped.05.07 raqamli Ilmiy kengashida muvaffaqiyatli himoya qildi.

Gulruxsor Xusanova “Boshlangʻich sinf oʻquvchilariga zid ma’noli soʻzlarni lingvokognitiv aspektda oʻrgatish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiyasini 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha taqdim etildi. Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning chuqurligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuqori baholandi.

Himoya yakunida ilmiy kengash a’zolari 100 foiz ovozbilan Xusanova Gulruxsor Toʻlqin qiziga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.