Farg’ona davlat universitetining Pedagogika, psixologiya va san'atshunoslik fakultetida “O‘zgaruvchan dunyoda psixologiya: muammolar, yechimlar, xalqaro tajriba” mavzusida xalqaro ilmiy - amaliy anjuman bo'lib o'tmoqda.
Unda dunyoning turli davlatlaridan professor-olimlar tashrif buyurdilar. Xususan,Patris Lumumba nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti, N.I. Lobachevskiy nomidagi Nijegorod davlat universiteti, Rossiya birinchi Prezidenti B. N. Yeltsin nomidagi Ural federal universiteti, Ural davlat pedagogika universiteti, Yaponiyaning Kinjo Gakuin Universiteti,M.O.Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Qirg‘iz-Turk Manas universiteti, Osh davlat universitetidan soha mutaxassislari onlayn va oflayn shaklda ishtirok etishmoqda.
Anjumanning ochilish qismini universitet rahbariyati vakillari kirish so'zi bilan ochib, konferensiya ishi va qatnashchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Mazkur anjumanda "Международный образовательный диалог как путь к сотрудничеству",“В чём развиваться педагогу, чтобы его ученики чувствовали себя благополучными и успешными: результаты исследований Благотворительного фонда «Вклад в будущее»", "Приверженность вопросам психического здоровья", "Методика драйверы активности деятельности," "Yangi O’zbekistonda ta’lim va fanga innovatsion yondashuv", "Transformatsiyalashayotgan dunyoda psixologiya fanining dolzarb vazifalari" mavzusidagi ma'ruzalari taqdimot va amaliy misollar yordamida namoyish etildi.