Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

YOSH ISTE’DODLAR

11:31, 19.05.2025      

O’zbekistonRespublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Talaba va o’quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi hamkorligida respublikadagi yosh iste’dodlarni aniqlash va ularni qo’llab-quvvatlash maqsadida "Ijodkor yoshlar", "Yosh sportchilar", "Yosh dasturchilar", "Yosh kitobxonlar" klublari, "Chevar qizlar" to'garagida tayyorlanganishlanmalarining Respublika ko'rgazma -taqdimoti bo’lib o’tdi.

Mazkur taqdimotda Farg'ona davlat universiteti talabalari ham faol ishtirok etib, ijodkorlik qobiliyatlarini sinovdan o’tkazdilar. Xususan, tanlovda milliy libos, raqs, tasviriy san’at, robototexnika, konstruktorlik, aviamodel, kompyuter dizayni va grafikasi, shaxmat-shashka, yosh pazanda, bichish-tikish, zargarlik, to‘qish, yumshoq o‘yinchoqlar, munchoqli bezak, yosh ekolog kabi 20 dan ortiq yo’nalishlar bo’yichamahoratlarini namoyish etdilar.

Ishtirokchi talabalar tomonidan taqdim etilgan ko’rgazmalar ijobiy baholanib, tashkilotchilar tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandilar.