Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

ILMIY XUSHXABAR

10:37, 21.05.2025      

Farg’ona davlat universiteti pedagog – o’qituvchilarining ilmiy salohiyati kun sayin kengayib bormoqda. Ayniqsa, yosh pedagoglarning ilmiy izlanishlari ilmning yanada yangi qirralarini kashf etishga xizmat qilmoqda.

Farg‘ona davlat universiteti ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/27.09.2024.Ped.05.10 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yig’ilishida ham global mavzudagi ilmiy ish himoyasi o’tkazildi.

Mazkur himoyada Sirtqi ta’lim, Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi – Shahbozova Gulruh Orifjon qizining 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha pedagogika fanlari falsafa doktori (PhD darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi himoya qilindi.

Gulruh Shaxbozovaning "Boʻlajak jismoniy tarbiya oʻqituvchilarida sport estetikasiga doir bilimlarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy ishi kengash a’zolari tomonidan chuqur muhokama qilindi.

Ilmiy Kengash a’zolarining savollariga to‘liq va asosli javoblar qaytargan Shahbozova Gulruh Orifjon qiziga 100% ovozi bilan pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.