Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

AKADEMIK ALMASHINUV

10:51, 21.05.2025      

Xalqaro hamkorliklar doirasida universitetda talaba-yoshlarning bilim va ko’nikmalarini oshirish maqsadida xorijiy pedagoglarning malaka-tajribalaridan foydalangan holda darslar tashkil etilmoqda.

Xususan, Filologiya fakultetining o‘zbek tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarga Ozarbayjon Respublikasining Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi Nasimiy nomidagi tilshunoslik instituti professor-o'qituvchilari, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsentlari: Turkan Ezgerova hamda Ayten Beylerovalar ishtirokida “Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi” fanidan mahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Ushbu mashg‘ulotlar davomida turkiy tillarning tarixiy taraqqiyoti, fonetik, morfologik va sintaktik xususiyatlari chuqur tahlil qilinib, talabalarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalar ham berildi.