Farg'ona davlat universitetida “ОLIY TA'LIMNI XALQAROLASHTIRISH: DUNYO VA O'ZBEKISTON UNIVERSITETLARI XALQARO FORUMItashkil etildi.
Мazkur forumda Angliya, Latviya, Xorvatiya davlatlarining bir qator oliy ta'lim muassasalari, shuningdek, respublikamizning nufuzli oliygohlari vakillari tashrif buyurdilar.
Forumning ochib berish uchun universitet rektori - Bahodirjon Shermuhammadov so'zga chiqib, xalqaro forum ishtirokchilarini samimiy qutlab, Oliy ta’lim tizimidagi yangi islohotlar hamda ularning ilm- fan taraqqiyotidagi ahamiyati, bugungi kunda ta'lim integratsiyasi har bir oliy ta'limning ustivor yo'nalishi bo'lgan bir paytda oliy ta'limni xalqarolashtirish yo'lida muhim omil bo'lishini ta'kidladi.
Tadbir davomida mavzuga doir bir qancha xalqaro loyihalar taqdimotibo’lib o’tdi.
Xususan, Buyuk Britaniyaning Kormak Konsalting direktori (Director CEE+)- Gintaras Steponavičius;
Shuningdek, forumda ishtirok etgan xorijiy oliygohlar bilan mahalliy oliygohlar o'rtasida xalqaro shartnoma va memorandumlar imzolashga erishildi.
Forum doirasida mehmonlar universitetning Madaniy merosni muhofaza qilish va restavratsiya laboratoriyasi, Farg'ona - Louyang arxeologik tadqiqot markazi hamda Farg'ona - Shansi arxeologik tadqiqot markazi;
Universitetning iqtisodiy, agrar, ijtimoiy faoliyatida amalga oshirilgan ilmiy va innovatsion loyihalar, o'quv jarayonlari hamda ilmiy laboratoriyalar;
Salkam bir asrni qarshi olayotgan universitet tarixi bilan yaqindan tanishish maqsadida universitet huzuridagi "Qatag'on qurbonlari" muzeyi;
Xalqaro aloqalar bo'limi, tarjimonlik va til o'qitish markazlariga tashrif buyurdilar va olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar bilan yaqindan tanishdilar. Muzokaralar zalida Xorvatiyaning Bernays Algebra universitetibilan Farg'ona davlat universiteti o'rtasida memorandum imzolandi.
Mehmonlarning ma'naviy hordiq chiqarishlari uchun universitet alleyasida iqtidorli talabalar tomonidan tasviriy san'at namunalari, kulolchilik ko'rgazmalarini, milliyligimizni tarannum etuvchi musiqiy dasturlar tashkil etildi.
Forum so'nggida mehmonlarga oliygohning maxsus esdalik sovg'alari taqdim etildi.