“TURKIY FILOLOGIYA MASALALARI”
11:28, 22.05.2025

Bugun Farg’ona davlat universitetining Filologiya fakultetida “TURKIY FILOLOGIYA MASALALARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Mazkur anjumanda, Markaziy Osiyo davlatlarining bir qator oliy ta’lim muassasalarining taniqli turkiyshunos professor-olimlari onlayn va oflayn shaklida ishtirok etdilar.Anjuman oliygoh rahbariyati vakillari tomonidan ochib berildi va anjuman ishiga muvaffaqiyat tiladi.
Anjuman ishi davomida Ozarbayjonlik filolog (Ozarbayjon milliy ilmlar akademiyasi Nasimiy nomidagi tilshunislik instituti dotsenti) Ayten Beylerovaning “Ozarbayjon turk tilidagi milliy-madaniy konnotatsiyali frazeologik birliklar”;
- -Qirg’izistonlik filolog (Filologiya va madaniyatlararo kommunikatsiya instituti direktori) Oljabay Shaimqulov “Hazil va milliy stereotiplar prizmasi orqali duyoni idrok etishning kognitiv-tilshunoslik modeli”;
- -Qirg’izistonlik filolog (Botken davlar universiteti Qizil-qiya gumanitar pedagogika instituti direktori) Asan Berdiyev “Qirg’iz tilidagi o’zaro xos tuzilishga ega soda gaplarning ayrim turlari” kabi bir qator xalqaro doiradagi ma’ruzalar tinglandi.
- Shuningdek, Farg’ona davlat universiteti professori Alijon Mamajonovning “Bir tipli umumiy birgalikergashishli periodlar”;
- -Andijon davlat universiteti professori Abdulhay Sobirovning “Allegorik ko’chimning iboralar tarkibidagi semantik va stilistik xususiyatlari”;
- -Hindistonlik (Farg’ona davlat universiteti magistranti) Muhammad Sajid Husain “O’zbek va urdu tillaridagi mushtarak so’zlar tahlili” mavzularidagi ma’ruzalar tinglovchilar diqqat markazida bo’ldi.
- Universitetda tashkil etilayotgan bu kabi anjumanlar oliygoh professor-o’qituvchilarining ilmiy salohiyatini yanada oshirishda o’z samarasini ko’rsatishiga ishonamiz.