Universitetning xalqaro hamkorliklar doirasida belgilangan shartnomalarga asosan Pedagogika – psixologiya va san’atshunoslik fakultetida o'quv va ilmiy tadqiqot sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tajriba almashish maqsadida, bir qator akademik almashinuvlar amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, Qizg'iziston Respublikasining Batken davlat universiteti Qizil-qiya texnologiya, iqtisod va huquq instituti, Iqtisodiyot, pedagogika va muhandislik texnologiyalari fakulteti dekani, gumanitar-pedagogik va til fanlari kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi S.M.Tursunbekova, kafedra o'qituvchisi hamdaO.To'lqinjon qizi akademik mobillik dasturi doirasida o'quv mashg’ulotlarida ishtirok etish uchun 6 nafar talabalar oliygohga tashrif buyurdilar.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF–5847-sonli "O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, hamda yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni ta’lim va ilmiy-tadqiqot jarayonlariga integratsiyalash maqsadida, universitetning Psixologiya kafedrasi tomonidan dunyoning eng nufuzli 1000 ta oliy ta’lim muassasasi ro‘yxatiga kiruvchi Rossiya Federatsiyasining yetakchi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari ishtirokida ma’ruzalar tashkil etildi.