Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

E’TIROF

15:08, 22.05.2025      

Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch bo‘lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo‘ladi.

Dunyo bo‘ylab 15- may — Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu kunning tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasining 1993- yil 20- sentabrdagi yalpi yig‘ilishida 15- may kuni Xalqaro oila kuni deb belgilangan. Bundan asosiy maqsad dunyo jamoatchiligini oiladagi muammolarni bartaraf etish, oila qadriyatlarini mustahkamlash, munosabatlarni tartibga solishdir.

O‘zbekiston Respublikasida ham oiladagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2018- yil 27- iyun kuni “O‘zbekiston Respublikasida Oila institutini mustahkamlash kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi, unga ko‘ra 15-may har yili Xalqaro oila kuni sifatida respublika boʻylab keng nishonlanishi belgilab qoʻyilgan.

Yurtimizdagi har bir oila davlatimiz himoyasida, jamiyatimiz e‘tiboridadir. Bu borada olib borilayotgan chora-tadbirlar xalqaro miqyosda yuksak e’tirofga sazovor bo‘layotganligi ham bejiz emas.

Mazkur sana munosabati bilan yurtimizda ko’pchilikka na’muna bo’layotgan oilalarga, e’tirof sifatida, "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar qo’mitasi tomonidan universitetning Agrar qo’shma fakulteti, Mevachilik va sabzavotchilik kafedrasi dotsenti - Yusupova Mohidil Abdumutalibovnaga "Ibratli oila" ko‘krak nishoni taqdim etildi.