Universitetda Tabiiy fanlar fakulteti hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Farg‘ona viloyat kengashi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2030 yilgacha bo‘lgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash va ekologik madaniyatni yuksaltirishga bag‘ishlangan masalalar yuzasidan targ’ibot tadbiri bo’lib o’tdi.
Anjumanda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Farg‘ona viloyat kengashi raisi v.b. Shohruxbek Karachayev, mahalliy deputatlar, Tabiiy fanlar fakulteti dekani Sh. Mamajonov, Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari, magistrlar hamda talabalar faol ishtirok etdilar.
Tadbirda so’zga chiqqanlar mamlakatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan ushbu muhim qaror yuzasidan o’z fikr- mulohazalarini bildirishar ekan, ushbu qarorni iqlim oʼzgarishi oqibatlarini yumshatish va unga moslashish, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan foydalanish sohasida yuzaga kelayotgan ekologik muammolarni samarali hal etish hamda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirishda muhim tarixiy hujjat sifatida targ’ib etdilar.