Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

IJODIY ESSELAR TANLOVI

14:57, 26.05.2025      

Milliy qadriyatlar millatning o‘ziga xosligi, etnik xususiyatlar va madaniy an’analarning mujassamidir. Aynan shu qadriyatlar tufayli xalq o‘zligidan ajralmaydi, tarixiy xotirasini yo‘qotmaydi va ma’naviy kamolot sari intiladi.

Talaba-yoshlarni milliy ruhda tarbiyalash va ularga urf-odatlar, qadriyatlarni chuqur singdirish maqsadida, Filologiya fakultetida “Milliy qadriyatlar sanʼati”nomli ijodiy esselar tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ishtirokchilar milliy urf-odatlar, tarixiy meros va madaniyatning jamiyat taraqqiyotiga ta’siri haqida milliy qadriyatlarimizningmilliy liboslar, an’anaviy hunarmandchilik namunalari va xalq ijodiyoti na’munalari misolida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Shuningdek, ishtirokchilar milliy qadriyatlarni yoshlar orasida keng targ‘ib etish, ularning milliy g‘urur va iftixor tuyg‘usini mustahkamlashga doir muhim takliflar bildirishdi. Bunday tadbirlar milliy merosimizni asrash va kelajak avlodga yetkazishda katta ahamiyat kasb etadi.

G‘oliblar hakamlar tomonidan estetik yondashuv, milliy urf-odatlarni aks ettirish va ijodkorlik mezonlari asosida aniqlandi.