Farg’ona davlat universitetida xalqaro ilmiy hamkorlik aloqalari yangi darajaga chiqmoqda.
Xususan, Xitoyning Loyan univetsiteti hamkorligidagi arxeologik tadqiqotlar markazining ochilishi bu boradagi hamkorliklar ko’lamini yanada kengaytirdi.
Mazkur hamkorliklar doirasida “Quva shahristoni” arxeologik yodgorligida LATI va FarDU olimlari ishtirokida xalqaro qazuv tadqiqot ekspeditsiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Oliygoh rektori hamda ekspeditsiya a’zolari ishtirokida bo’lib o’tgan uchrashuvda ikki muassasa o’rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga qo’shgan alohida hassasi uchun LATI direktor o’rinbosari Liyu Binga Farg’ona davlat universiteti faxriy professori hamda oliygohning invistitsalar va ta’lim eksporti bo’limi boshlig’i Otabek Mahmudov va O’zbekiston – Xitoy arxeologiya qo’shma kafedrasi professori Muhammadjon Isomiddinovga Loyan arxeologik tadqiqotlar instituti faxriy professori ilmiy unvonlari topshirildi.
Shuningdek, FarDU hamda LATI hamkorligida tashkil etilgan arxeologik baza va ilmiy markazning rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Ushbu markazning ochilish marosimidan so’ng, LATI grantlari asosida O’zbekiston – Xitoy arxeologiya qo’shma kafedrasiga taqdim etilgan arxeologik laboratoriya jihozlarining taqdimoti o’tkazildi.
Qisqa vaqt ichida olib borilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar bilan birga madaniy merosimizni o’rganishhamda ularni asrab-avaylabga bo’lgan muhim e’tibor xalqaro hamkolikning yangi yo’nalishlariga yo’l ochib bermoqda.