Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETIDA RESPUBLIKA ILMIY ANJUMANI

15:43, 26.05.2025      

Fizika - matematika fakultetida Professor Ahmadjon Qo'shaqovich O'rinov tavalludining 75 yilligiga bag'ishlangan "Differensial tenglamalar va matematikaning turdosh bo'limlari zamonaviy muammolari" mavzusidagi respublika ilmiy anjumani tashkil etildi.

Mazkur anjumanga O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi,V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti, Toshkent davlat transport universiteti, Belgorod davlat universiteti, Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti, Rossiya Fanlar Akademiyasi va respublikamiz hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalari hamda ilmiy tekshirish institutlaridan 20 dan ortiq akademiklar, fan doktorlari, professorlar, ko'plab fan nomzodi, dotsentlar va yosh tadqiqotchilar tashrif buyurdilar.

Anjuman avvalida oliygoh darg’alaridan marhum professor O’rinov Ahmadjon Qo’shaqovich xotirasi sharafiga tashkil etilgan 202-auditoriyaning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

Ikki kun davom etgan anjumanda yetakchi olimlar va yosh tadqiqotchilarning matematikaning turli sohalari bo’yicha olib borayotgan ilmiy tadqiqot ishlari haqidagi ma’ruzalar tinglandi