Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

ILMIY SALOHIYAT

16:09, 26.05.2025      

Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi.

Mazkur majlisda Farg'ona davlat universitetining Filologiya fakulteti, Tilshunoslik kafedrasi tadqiqotchisi -Karimov Islombek Yaxyoitdin o'g'lining 10.00.01 - O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi himoyasi o‘tkazildi.

Karimov Islombek Yaxyoitdin o'g'lining "Mahbub-ul qulub asaridagi so'z birikmalarining struktur-semantik tadqiqi" mavzusidagi ilmiy ishi Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan chuqur va har tomonlama muhokama qilindi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ilmiy Kengash a’zolarining 100% ovozi bilan Karimov Islombek Yaxyoitdin o'g'liga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi