Farg’ona davlat universitetida ilmiy xushxabarlar soni kun sayin ortib bormoqda. Jumladan, oliygohning Chet tillari fakulteti, Ingliz filologiyasi kafedrasi tadqiqotchisi Karimova Shaxnoza Boyquzi qizi o’zining ilmiy salohiyatini yuksak darajada namoyish etib, Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashda oʼz tadqiqot ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Karimova Shaxnoza Boyquzi qizi "Turli tizimli tillarda kvantitativlik maydoni" mavzusidagi dissertatsiyasi 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshinoslik, chig'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha taqdim etildi. Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning chuqurligi, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yuqori baholandi.
Himoya yakunida ilmiy kengash a’zolari 100 foiz ovozbilan Karimova Shaxnoza Boyquzi qiziga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to’g’risida qaror qabul qildi.
Ushbu muvaffaqiyat Farg‘ona davlat universiteti ilmiy jamoasining yutuqlaridan biri bo‘lib, universitetning ilmiy salohiyati tobora yuksalib borayotganligini yaqqol ko‘rsatadi.