Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XALQARO KONFERENSIYA

15:36, 28.05.2025      

Bugungi kunda har bir jabhaga innovatsiya tushunchasi kirib bormoqda. Ta’lim jarayoni ham bundan mustasno emasligi hammaga ma’lum. O’zbekistonda ijtimoiy, iqtisodiy sohalarda bo’lgani kabi ta’lim sohasida ham keng ko’lamli chuqur islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim taraqqiyotini jahon andozalari asosida qayta tashkil etishga kirishildi.

Bu borada oliy ta’lim tizimida ham ta’limning yangicha qiyofasi o’z aksini ko’rsatmoqda. Xususan, xalqaro miqyosdagi ta’lim hamkorligining amalga oshirilishi tizimdagi pedagog-o’qituvchilar uchun bir qancha imkoniyatlarga yo’l ochib berdi.

Farg’ona davlat universitetida ham bir qator xalqaro hamkorliklarga erishildi. Xususan, xalqaro akademik almashinuvlar doirasida Pedagogika-psixologiya va san'atshunoslik fakulteti professor-o'qituvchilari Osh davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan “Ta’lim va tarbiyada innovatsion texnologiyalar” mavzusida xalqaro-konferensiyada ishtirok etdilar.

Tadbirda Pedagogika kafedrasi professori N.Temirov “Iqtidorli talabalarning alohidaqobiliyatlarni rivojlantirish texnologiyasi” mavzusida o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdi.