Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

AKADEMIK VA YOSHLAR UCHRASHUVI

15:50, 28.05.2025      

“22- May - Biologik xilma - xillik kuni”.Xalqaro biologik xilma-xillik kunining asosiy maqsadi flora va fauna vakillarining yo’qolib ketish muammosiga jamotchilik e`tiborini qaratishdan iborat.

Mazkur sana munosabati bilan Farg’ona davlat universitetining Tabiiy fanlar fakultetida Akademik olim, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika instituti direktori - Tojiboyev Komiljon Sharobitdinovich va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda olimning"Markaziy Osiyoda o‘simliklar xilma-xilligini tadqiq etishning yangi istiqbollari" mavzusidagi ma'ruzasi yosh biologlar e'tiboriga havola qilindi.

Shuningdek, ochiq muloqot tarzida bo’lib o’tgan tadbirda tabiatdagi turli xilma-xilliklar va ularning ahamiyati, bu burada olib borilgan ilmiy izlanishlar, kashfiyotlar, respublika va xorij professor-olimlarining qarashlari kabi turli masalalarda yosh tadqiqotchilar hamda talaba - yoshlar o’rtasida mazmunli suhbat tashkil etildi.

Uchrashuv doirasida akademik Komiljon Sharobitdinovich oliygohning “Qatag’on qurbonlari” xotira muzeyida bo’lib, Farg’ona viloyati, xususan, Farg’ona davlat universitetining 100 yillik tarixiga oid qimmatli ma’lumotlarga ega bo’ldi.