Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

REKTOR UCHRASHUVI

16:12, 28.05.2025      

Universitetda Ingliz tili va adabiyoti fakulteti faoliyatini kompleks o'rganish natijalari yuzasidan tanqidiy yig'ilish bo'lib o'tdi.

Yig'ilish kun tartibidan fakultetdagi kafedralar faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etilishi, pedagoglarning ilmiy salohiyati, Нemis dasturidagi yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, o'quv auditoriyalarga o'rnatilgan texnik jihozlar holati, shaxsiy ish rejalar, kurs ishi, o'quv qo'llanmalarning yaratilishi, malakaviy amaliyotlar tashkil qilinishi, amaliyot jarayoniga talabalarni to'liq qamrab olinishi, ma'naviy - ma'rifiy ishlarni olib borilish holati, kengash qarorlari ijrosini bajarilishi, talaba xavfsizlik kuni tadbirlarini vaqtida o'tkazilishi, talabalar orasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish,internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, talabalar bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish kabi dolzarb masalalar o'rin oldi.

Dastlab jamoaning xalqaro va Respublika darajasidagi ilmiy ko'rsatkichlarini o'rganilib, natijalar kafedralar kesimida birma-bir muhokama etildi.

Muhokamalar yakunida "Fakultetning ko'p yillik nufuzini saqlashda, ilmiy salohiyatni ko'tarishda jamoaning yoshlari alohida mas'uliyatga ega" - deya ta'kidladi rektor o'z so'zida.

Bu borada, oliy ta'lim tizimida ilmiy tadqiqodlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni alohida e'tirof etdi va Muhtaram Prezidentimiz ishonchiga munosib ravishda ish olib borish zarurligini uqtirib o'tdi.