Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 335
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 251
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

UNIVERSITETDA MA’NAVIY-MA’RIFIY KENGASH YIG’ILISHI

16:33, 28.05.2025      

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K. Sharipov rahbarligida tizimda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar yuzasidan kengaytirilgan yig‘ilish tashkil etildi.

Shu munosabat bilan bugun universitetda rektor Bahodirjon Shermuhammadov boshchiligida "Talaba yoshlar o'rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar"ni bartaraf etishga qaratilgan ma'naviyat- ma'rifat kengashi yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilish kun tartibidan:

  • -talabalar odob-axloqi vatarbiya masalalari,
  • -kiyinish madaniyati,
  • -yoshlar orasidahuquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish,
  • -to'garaklar faoliyatini jonlantirish,
  • - yoshlarni ommaviy madaniyat, diniy mutaassiblik ta'siridan asrash,
  • -internetdan foydalanish madaniyatini o'stirish,
  • - ichki tartib - intizomga rioya etish kabi masalalar o'rin oldi.

Yig'ilish davomida har bir fakultetlarda yoshlar ta'lim - tarbiyasi yuzasidan bir o'quv yilida olib borilgan ishlar muhokama qilindi. Mavjud kamchiliklar va yo'l qo'yilgan xatolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
  • Bugungi globallashuv davri kechayotgan tahlikali dunyoda millatning kelajagi bo'lgan yoshlar taqdiriga beparvo bo'lishga hech birimizning haqqimiz yo'q. Biz universitetda tahsil olayotgan 30 mingdan ziyod xalqning bolasiga mas'ulmiz. Har birimiz qat'iy tartib - intizomga rioya qilishimiz shart, chunki rivojlanishning eng asosiy omili bu tartib - intizomdir, - deya ta'kidladi universitet rahbari.
  • Shuningdek, Oliy ta'lim muassasalari muammolarni hal qilish markazi bo'lishi zaruriyati uqtirildi. Universitet - muqaddas dargoh, olimlar, ziyolilar, ilm ahli maskani bo'lgani bois barchaga namuna, ibrat bo'ladigan avlodlar tarbiyalash mas'uliyati aytib o'tildi.