Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 382
  • Ko`rib chiqilganlar 348
    • Takliflar 50
    • Arizalar 294
    • Shikoyatlar 38
  • Ko`rib chiqilmoqda 34

XALQARO AKADEMIK ALMASHINUV

11:28, 29.05.2025      

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari Feruza Abduraximova, Asilbek Oxunov va Ashurali Mirzayevlar Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri QS Jahon Universitetlari Reytingida 146 o'rinni egallagan — University Science Malaysia (USM)da qisqa muddatli 14 kunlik ilmiy-stajirovka dasturida ishtirok etmoqdalar.

Ushbu tashrifning asosiy maqsadi: universitetning xalqaro ta’lim tajribasini o‘rganish, bakalavr yo‘nalishidagi talabalar uchun ingliz tili va adabiyotiga oid mavzularda ma’ruza va seminar mashg‘ulotlari o‘tkazish, yangi akademik aloqalarni yo‘lga qo‘yish va ilmiy hamkorlikni mustahkamlash, Scopus va Web of Science (WoS) singari yuqori impakt faktorli jurnallarda hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etishdir.

Stajirovka doirasida ishtirokchilar xorijiy pedagogik tajriba, innovatsion yondashuvlar, zamonaviy ta’lim texnologiyalari hamda ilmiy-tadqiqot metodlari bilan tanishmoqda.

Tashrif USM va Farg‘ona davlat universiteti o‘rtasida kelgusidagi ilmiy-loyihalar, qo‘shma tadqiqotlar va akademik almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish borasida mustahkam zamin yaratmoqda.