Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 333
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 249
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

XALQARO ANJUMAN

09:42, 30.05.2025      

Xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorligini yanada jonlantirish, hamkorlik aloqalarini kengaytirish maqsadida Iqtisodiyot fakultetida “Xalqaro hamkorlik va barqaror qishloq xo‘jaligi uchun moliyaviy mexanizmlar: mintaqaviy tajriba va istiqbollar” mavzusidagi xalqaro ilmiy anjuman tashkil etildi.

Anjumanda N.I. Lobachevskiy nomidagi Milliy tadqiqot Nijniy Novgorod davlat universiteti, M.Auezova nomidagi Janubiy Qozog'iston universiteti, Chimkent universiteti hamda O‘sh davlat universitetidan olimlar hamda fakultetprofessor-o‘qituvchilari, talabalar magistrantlar ishtirok etdilar.

Mazkur anjumanda barqaror qishloq xo‘jaligi uchun moliyaviy mexanizmlar: mintaqaviy tajriba va istiqbollari xalqaro eng yaxshi amaliyotlar asosida chuqur tahlil qilindi. Shuningdek, kichik fermer xo'jaliklari moliyaviy mablag'lar va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishda duch keladigan ko'p qirrali muammolarni: energiya va suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo'yicha xalqaro hamkorliklarni kengaytirish kabi masalalar muhokamalar markazida bo’ldi.