Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 363
  • Ko`rib chiqilganlar 323
    • Takliflar 50
    • Arizalar 276
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

“BIRGALIKDA KUCHMIZ - …” AKSIYASI

09:43, 30.05.2025      

Ekomadaniyatni shakllantirishda millatlararo bagʻrikenglik, birdamlik, totuvlik – asriy qadriyatlarimizga mos boʻlgan targʻibot tadbiri Fargʻona shahri Al-Fargʻoniy istirohat bogʻida “Birgalikda kuchmiz – biz tabiat uchun gʻamxoʻrmiz!” deb nomlangan shior ostida tabiatni asrashda birlashish maqsadida eko-aksiya hamda plogging boʻlib oʻtdi.

Tadbir Fargʻona viloyat hokimligi, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi, Ekologiya va atrof-muhitni asrash iqlim oʻzgarishi boshqarmasi, Fargʻona davlat universiteti, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Fargʻona viloyat boʻlimi, Madaniyat uylari viloyat maʼnaviyat boshqarmasi, Milliy markaz va “Ekosan” xalqaro fondi hamkorligida oʻtkazildi. Aksiya – ploggingda FarDU talabalari, ekologiya yoʻnalishidagi volontyorlar hamda Milliy madaniy markaz vakillaridan iborat 250 dan ziyod ishtirokchilar qatnashdi.