Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 333
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 249
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

"TALABALAR LIGASI"

09:44, 30.05.2025      

Yoshlarga yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar, ularni sport musobaqalarida o‘z irodasi va kuchiga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashi hamda iqtidorli sportchilarni saralab olish imkoniyatlarini yaratmoqda.

Xususan, Samarqand viloyatida bo’lib o’tgan Oliy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida sportning STOL TENNISI turi bo‘yicha Respublika ishtirok etayotgan bir qator yoshlarimiz, musobaqalarning final bosqichida qatnashdilar.

Iqtidorli sportchilardan tashkil topgan Farg’ona davlat universitetining FarDU jamoasi talabalari sovrinli 3-o’rinni qo’lga kiritib, bronza medali bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, Besh tashabbus paralimpiadasi doirasida sportning PARASHASHKA turi bo‘yicha Farg‘ona viloyati bosqichida ishtirok etgan universitetning Fizika-matematika fakulteti 4-bosqich Matematika yo‘nalishi 21.01-guruh talabasi Ismoilov Ismoiljon faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib I-darajali DIPLOMbilan taqdirlandi.