Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 466
  • Ko`rib chiqilganlar 433
    • Takliflar 59
    • Arizalar 362
    • Shikoyatlar 45
  • Ko`rib chiqilmoqda 33

TALABALAR MINBARI

09:46, 30.05.2025      

Yoshlarni bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularmi har tomonlama iqtidorlarini naniqlash maqsadida Toshkent shahrida joylashgan "Adiblar xiyoboni" da Respublika ko'rgazma - taqdimoti o'tkazildi.

Mazkur ko'rgazmada Farg’ona davlat universitetining filologiya fakulteti, o'zbek tili yo'nalishi talabasi - Muharramoy Yodgoraliyeva o'zining "Anvar Obidjon ijodi va o'zbek adabiyoti" nomli taqdimoti bilan faol ishtirok etib, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Shuningdek, poytaxtimizda bo'lib o'tgan "Yosh jadidlar" ilmiy tadqiqotlar markazitomonidan tashkil etilgan yoshlarning ilmiy tadqiqotlari va startap loyihalariga bag'ishlangan xalqaro forumda universitetimizning Tarix fakulteti ijtimoiy ish yo'nalishi 2-bosqich talabasi Husanova Osiyoxon ham ishtirok etib, g'oliblikni qo'lga kiritdi va maxsus diplom bilan taqdirlandi.

Yoshlar o’rtasida tashkil etilayotgan bu kabi tanlovlar talabalarning iqtidorlarini yanada yuksalishiga, izlanishiga hamda yangi marralarni zabt etishiga xizmat qilmoqda.