Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

“TALABALAR LIGASI” MINI-FUTBOL(FUTZAL)

15:11, 30.05.2025      

Talabalar o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish orqali professional sportchi-talabalarni tayyorlash davr talabi hisoblanadi. Bu orqali talabalar o‘rtasida xalqaro maydonda o‘tkaziladigan butunjahon Universiada o‘yinlarida, turli chempionat va turnirlarda O‘zbekiston talaba-sport jamoalarining munosib ishtirok etishi uchun mustahkam zamin tayyorlanadi.

Shunga ko’ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq yurtimizdagi mavjud oliy ta’lim muassasalari sportchi talabalari ishtirokida III bosqichli " Talabalar ligasi" mini-futbol (futzal) musobaqalari o’tkazib kelinmoqda.

An’anaviy tarzdao‘tkazib kelinayotgan mazkur musobaqalarga Andijon viloyati mezbonlik qildi. Unda Farg'ona davlat universiteti jamoasi faol ishtirok etib, faxrli 2- o’rinni egallab, kumush medal sohibi bo'ldilar.