Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 333
  • Ko`rib chiqilganlar 295
    • Takliflar 49
    • Arizalar 249
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 38

UNIVERSITET PEDAGOGIK KENGASHINING X SONLI YIG’ILISHI O’TKAZILDI

15:41, 31.05.2025      

Farg'ona davlat universiteti Pedagogik Kengashining navbatdagi yig'ilishi Fargʻona davlat universiteti BMT Akademik Tashabbusi (UNAI)ning rasmiy a’zosi deb e’lon qilingani haqidagi xushxabar bilan boshlandi!

Universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov o’z so’zida ushbu yangilik Farg’ona davlat universitetiga bo’lgan yuksak e’tirof nishonasi bo’lib, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini yanada yuksalishida yangi imkoniyatlarga yo’l ochishiga ishonch bildirdi.

Shuningdek, kengash avvalida ilmiy yutuqlar va yuksak darajalarga erishganprofessor-o'qituvchilar hamda talaba yoshlar oliygoh rektori tomonidan munosib taqdirlandilar.

Xususan, 2024-2025 o’quv yilida oliy ta’lim muassasalarining talaba-yoshlari o’rtasida o’tkazilgan “Besh tashabbus”, “Universiada”, “Talabalar ligasi” hamda “Paralimpiada” sport musobaqalarida ishtirok etib, faxrli o’rinlarni egallagan bir qator yoshlarga universitetning esdalik sovg’alari topshirildi.

Shuningdek, umumta’lim maktablari bitiruvchi yoshlari o’rtasida Fizika-matematika, Informatika va axborot texnologiyalari hamda Kimyo-biologiya fanlaridan o’tkazilgan “Universitet olimpiadasi”ning g’oliblar va ularning ota-onalari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar hamda muddatidan avval talaba bo'lish imkoniyatini qo'lga kiritdilar.

Yig’ilishning “E’tirof” qismida yuksak salohiyatga erishgan bir qator o’qituvchilarga xususan, Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi bilan 10 nafar, Fan doktori(DSc) ilmiy darajasi bilan 2 nafar,Dotsent ilmiy unvoni bilan 14 nafar hamda Professor ilmiy unvoni bilan 2 nafar pedagoglarga oliygoh rahbari tomonidan diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.

Kengash yig’ilishining rasmiy qismida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida maktab ta'limi tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish bo'yicha ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida belgilangan topshiriqlar ijrosi to'g'risida rektor ma'ruzasi eshitildi.

Yoʼriqnoma hujjatlar ijrosi, joriy yilda amalga oshirilgan oʼquv, ilmiy, xalqaro faoliyat, xorijiy aloqalar, beshta muhim tashabbus doirasida universitetda amalga oshirilgan ishlar tahlili, birituvchilarni ish bilan ta'minlashga ko'maklashish, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar, zarur tashkiliy masalalar hamda tayinlovlar Kengash muhokamasida bo'ldi.