Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

AKADEMIK ALMASHINUV

09:36, 04.06.2025      


Xalqaro akademik almashinuvlar doirasida Filologiya fakultetiga Dunyo reytingida 561-570-o'rinda turuvchi Javoharlal Neru universiteti Fors va Markaziy Osiyo tadqiqotlar markazi professori, doktor Shahbaz Amil tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida ikki nufuzli oliygohning o’zaro hamkorligi hamda ularning fakultet doirasida kelgusidagi istiqbollari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. Unda

ilmiy salohiyatni xalqaro miqyosda yuksaltirish bo’yicha bir qator masalalar to’g’risida kelishib olindi.

Muzokaralardan so’ng, fakultetning 2-3-kurs tojik tili yo'nalishi talabalari uchun o’quv rejada belgilangan "Hozirgi tojik adabiy tili" fanidanmahorat darslari va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mashg'ulotlar davomida hozirgi tojik tilining leksik tabiati, uning o'ziga xos xususiyatlari, leksik-semantik munosabatlar, tojik tiliga xos ayrim so'zlarning etimalogik jihatlari tahlil qilinib, talabalarga nazariy bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko'nikmalar ham berildi.