Sport faoliyati fakultetida amalga oshirilayotgan ta'lim - tarbiya jarayonini kompleks o'rganish natijalariga bag'ishlangan rektor yig'ilishi bo'lib o'tdi
Yig'ilishda universitet rektori Bahodirjon Shermuhammadov bugun yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yoshlar ta'lim - tarbiyasining davlat siyosati darajasiga ko'tarilganligi haqida ta'kidlab o'tdi.
Yig'ilish kun tartibidan fakultetdagi kafedralar faoliyati, o'quv jarayonining tashkillanishi, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borilishi, fakultet ilmiy salohiyati, talabalar davomati, kiyinish madaniyati, Нemis dasturida yo'l qo'yilgan kamchiliklarni bartaraf etish, professor - o'qituvchilarning yillik va shaxsiy ish rejalari, dars mashg'ulotlarini sifatli tashkil etish, o'quv qo'llanmalarning yaratilishi, jamoat tashkilotlari faoliyatini jonlantirish, ma'naviy- ma'rifiy ishlar holati, talabalar bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish va ijara xonadonlarning nazorat qilinishi kabi dolzarb masalalar o'rin oldi.