Sportning mini futbol musobaqalarida peshqadamlikni qo’lga olgan Farg’ona davlat universitetining "FUTZAL" jamoasi 1-LIGA musobaqalariga yo'llanmani qo'lga kiritdilar.
Bugun Oliygohda ushbu jamoaning tantanali taqdirlash merosimi bo’lib o’tdi.
Mazkur taqdirlash marosimida so’zga chiqqan Universitet rektori - Bahodirjon Shermuhammadov FUTZAL jamoasi a’zolarini erishgan yutuqlari bilan samimiy qutladi hamda Mamlakatimizning baxtiyor yoshlariga muhtaram Prezidentimiz tomonidan yaratib berilayotgan mislsiz sharoitlar yuksak natijalarga asos bo'layotgani haqida ta’kidlab o’tdi.
Shuningdek, universitetda yoshlar sportiga qaratilayotgan e'tibor samarasi sifatida sportchi - talabalar tomonidanuniversitetga O'zbekiston musobaqalarida 196 ta, xalqaro musobaqalarda 22 ta medallar olib kelinganligi e'tirof etildi!
“Yana bir muhim xushxabar, - deya so’zida davom etgan Bahodirjon Shermuhammadov,- Farg'ona davlat universiteti Respublikadagi TOP 5ta oliygohlar qatoriga kirdi!”- deya mamnuniyat bilan xushxabarni e’lon qildilar.
Tadbirda fakultetning faxrli professor - o'qituvchilari yosh sportchilarni tabriklab, “Sportchi - avvalo ilmli, madaniyatli va yuksak ma'naviyatli bo'lishi lozim” ekanligini ta'kidladilar va kelgusi musobaqalarda jamoaga ulkan muvafaqqiyatlar tiladilar.
Tadbir so’nggida jamoa a’zolariga universitetning esdalik sovg'alari topshirildi.