Qonunchiligimizda ishni ta’lim bilan birga olib boruvchi xodimlar uchun qanday kafolatlar va kompensatsiyalar mavjud ?
Bilamizki, hozirgi rivojlanayotgan davlatlarda inson omili dastlabki o’rinni egallab kelmoqda. Bu esa ularga qulay imkoniyatlar yaratish uchun zamin bo’lib xizmat qilmoqda. Nafaqat moddiy resurslar, balki ijtimoiy himoya bilan bog’liq har qanday turdagi masalalar ham insonlar qulayligi uchun rivojlatirilmoqda. Shuningdek, barcha davlatlar qonunchilik tizimi ham yangi imztiyozlar eshigini oshichga va fuqarolarga erkin ijtimoiy-siyosiy demokratik davlatlarni barpo etishga yordam bermoqda. Bu esa fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada rivojlanishiga turtki bo’lmoqda. Ko’plab xorijiy davlatlar qatorida mamlakatimiz qonunchilik tizimida yangi o’zgarishlarning vujudga kelishi ham moddiy ham ma’naviy bilimlarimizni yuksalishiga, turli xil imtiyozlar va preferensiyalardan to’la va oqilona foydalanishga imkon yaratmoqda. Manashunday imtiyozlarni kundalik hayotimiz davomida muntazam foydalanib kelinayotgan mehnat qonunchiligi tizimida uchratishimiz mumkin. Mehnat qonunchiligida turli xil kafolatlar va kompensatsiyalar mavjud bo’lib, quyida ularni ishni ta’lim bilan birga olib boruvchi xodimlar misolida ko’rishimiz mumkin.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 383-moddasiga asosan Ish beruvchi mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida o‘qitilayotgan, qayta tayyorlashdan yoki malaka oshirishdan o‘tayotgan, shuningdek ishlab chiqarish ta’limini o‘tayotgan xodimlarga ish va o‘qishni birga olib borish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi shartligi belgilangan bo’lib, mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida tahsil olib, o‘quv rejasini bajarayotgan xodimlarga ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlangan holda o‘quv ta’tili, qisqartirilgan ish haftasi hamda mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilangan o‘zga kafolatlar beriladi. Bundan tashqari, mehnat shartnomasi bo‘yicha ta’lim tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qiyotganlarga yillik mehnat ta’tillarini ish beruvchi, ularning xohishiga ko‘ra, bakalavriat talabalari uchun davlat attestatsiyasi va bitiruv malaka ishini himoya qilish, magistratura talabalari uchun magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish vaqtiga yoxud imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga to‘g‘rilab berishi shart. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim tashkilotlarida, kadrlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlarida (kurslarida) mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda o‘qiyotgan, ishga yangi qabul qilingan xodimlar uchun, agar ular o‘z yillik mehnat ta’tillarini bakalavriat talabalari uchun davlat attestatsiyasi va bitiruv malaka ishini himoya qilish, magistratura talabalari uchun magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish vaqtiga yoxud imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga moslashtirishmoqchi bo‘lsa, ularning xohishiga ko‘ra, yillik mehnat ta’tili mazkur ish beruvchidagi mehnat faoliyatining olti oyi tugaguniga qadar beriladi.
Demak, yuqorida ko’rsatib o’tilgan normada ishni ta’lim bilan birga olib boruvchi xodimlar uchun kafolatlar va kompensatsiyalar, ish beruvchi majburiyati va xodimning huquqlarining o’zaro kesishuv nuqtasida inson omili tushunchasini qay darajada mustahkamlanganligini namoyon etadi. Ya’ni ushbu turdagi mehnat munosabatlarida ish beruvchining majburiyat darajasi qanday muhum ahamiyat kasb etsa, xodimning huquqlari ham shu asosga monanda bo’ladi. Bu esa O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 383-moddasida alohida tartibda belgilanganligini ko’rishimiz mumkin. Ushbu moddada nafaqat ish beruvchi majburiyati, balki xodimlarning huquqlarining mustahkamlanganligini va shu huquqlar asosida mehnat shartnomasi bo‘yicha ishdan ajralmagan holda ta’lim tashkilotlarida tahsil olib, o‘quv rejasini bajarayotgan xodimlarga ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi saqlanganligini, mehnat shartnomasi bo‘yicha ta’lim tashkilotlarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda o‘qiyotganlarga yillik mehnat ta’tillarini ish beruvchi, ularning xohishiga ko‘ra, bakalavriat talabalari uchun davlat attestatsiyasi va bitiruv malaka ishini himoya qilish, magistratura talabalari uchun magistrlik dissertatsiyasini himoya qilish vaqtiga yoxud imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga to‘g‘rilab berishi shartligi shu kabi kafolatlar va kompensatsiyalar ega bo’lishi mumkinligini ifoda etadi.
Farg’ona shahar Adliya bo’limi
yuridik xizmat ko’rsatish markazi boshyuriskonsulti: Tojimamatov Mirkomil