O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sodiq Azimov nomidagi Fizika-texnika instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.02/27.02.2020.FM/Т.110.01 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo’lib o’tdi. mazkur majlisda Farg’ona davlat universitetining Fizika-matematika fakulteti Fizika kafedrasi doktaranti – Qodirov Nurillo Ubaydullo o‘g‘lining 01.04.10.- “Yarimo‘tkazgichlar fizikasi” ixtisosligi bo‘yicha fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafadoktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ish himoyasi o’tkazildi.
Qodirov Nurillo Ubaydullo o‘g‘lining “Tetraedr simmetriyali kristallarda qutblangan yorug‘liknochiziqli yutilishining qutbiy, spektral va temperaturaviy tadqiqi” mavzusidagi ilmiy ishi Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan chuqur va har tomonlama muhokama qilindi. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, olingan natijalarning asoslanganligi va amaliy ahamiyati alohida ta’kidlandi.
Himoya jarayoni yuqori ilmiy saviyada, konstruktiv ruhda o‘tdi. Dissertant o‘zining ilmiy ishining asosiy mazmuni, metodologiyasi va erishilgan natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi hamda Ilmiy Kengash a’zolarining savollariga to‘liq va asosli javoblar qaytardi.
Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ilmiy Kengash a’zolarining 100% ovozi bilan Qodirov Nurillo Ubaydullo o‘g‘liga fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.