Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 344
  • Ko`rib chiqilganlar 307
    • Takliflar 50
    • Arizalar 259
    • Shikoyatlar 35
  • Ko`rib chiqilmoqda 37

BU BIZNING TALABA!

16:15, 09.06.2025      

Ingliz tili va adabiyoti fakulteti, 4-bosqich talabasi, "Leader Ladies Club" xalqaro tashkiloti asoschisi Abdurahmonova Mahfiratxon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Global Compact tashabbusiga hamkor etib saylandi. Bu tashabbus inson huquqlari, mehnat me'yorlari, atrof-muhitni muhofaza qilish va korrupsiyaga qarshi kurashish kabi 10 ta tamoyilni ilgari suradi.

Mahfiratxon nomidan murojaat BMT Bosh kotibiga yo‘llanib, tashkilot tomonidan iliq kutib olindi. BMT Global Compact ijrochi direktori Sanda Ojiambo tomonidan yuborilgan maktubda ushbu ishtirok xalqaro hamkorlik, tinchlik va barqaror rivojlanish maqsadlariga qo‘shilgan muhim qadam sifatida baholandi.

Dunyo miqyosidagi bu tashabbusda ishtirok etish — ijtimoiy mas’uliyat, barqaror taraqqiyot va kuchli liderlikning yorqin namunasidir!