Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Ishonch telefoni:
(+99873)244-44-15
Virtual qabulxona
  • Barcha murojaatlar 363
  • Ko`rib chiqilganlar 323
    • Takliflar 50
    • Arizalar 276
    • Shikoyatlar 37
  • Ko`rib chiqilmoqda 40

ILMIY XABAR

10:20, 11.06.2025      

Farg‘ona davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.05.02 raqamli Ilmiy kengashda “Turli tizimli tillarda “Bosh” konsepti verbalizatorlarining lingvokognitiv asoslari va lingvokulturologik xususiyatlari (zamonaviy ingliz va rus tillari materiali asosida)” mavzusida ilmiy ish himoyasi bo’lib o’tdi.

Mazkur majlisda Chet tillari fakulteti, Chet tillari kafedrasi tadqiqotchisi Yusupjanova Feruza Qurbonovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshinoslik, chog'ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etgan dissertatsiya ishi Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan chuqur va har tomonlama muhokama qilindi. Dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, olingan natijalarning asoslanganligi va amaliy ahamiyati alohida ta’kidlandi.

Ovoz berish natijalariga ko‘ra, Ilmiy Kengash a’zolarining 100% ovozi bilan Yusupjanova Feruza Qurbonovnaga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.